Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda mast erkak profilaktika inspektorini pichoqladi (video)

Andijonda mast erkak profilaktika inspektorini pichoqladi (video)

Andijonning Paxtaobod tumanidagi oilada kelib chiqqan janjal oqibatida profilaktika inspektori pichoqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali efirida ma’lum qilindi. 

Hodisa 9-dekabr kuni bo‘lgan. Er-xotin o‘rtasidagi tortishuv vaqtida profilaktika inspektori vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi, ammo jahl ustidagi er qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan xodimni pichoqlab qo‘ygan. 

Xodimning so‘zlariga ko‘ra, unga oilaviy mojaro haqida xonadonning qo‘shnisi xabar bergan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkak inspektorning bo‘yin qismiga zarba berib jarohatlagan.

Shifokorlarning sa’yi-harakati natijasida profilaktika inspektorining hayoti saqlab qolindi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring