Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ruhiy kasalliklar shifoxonasi bemori kaltaklandi

Andijonda ruhiy kasalliklar shifoxonasi bemori kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemorlar kaltaklanayotgani haqida xabar tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi holatga munosabat bildirib, 2023-yilning 27-oktyabrdan 28-oktyabrga o‘tar kechasi «Andijon viloyat ruhiy sog‘liqni saqlash» dispanseri kichik tibbiy xodimi U.Sh. bemor M.S. ga qo‘pol munosabatda bo‘lganini qayd etdi.

Mazkur holat yuzasidan tibbiyot muassasasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, 28 oktyabrdagi 166-sonli buyruqqa asosan U.Sh. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring