Andijonda tikuv sexi yonib ketdi (foto)

14-iyun kuni taxminan soat 01:44 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) Xo‘jabod tumanida joylashgan «Xo‘jarbod Fayz-M» MChJ hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Yong‘in oqibatida taxminan 1200 m2 maydonining ichki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlariga zarar yetgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVBning rahbariyati boshchiligida 13 ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli mazkur sexning yerto‘lasidagi qiymati 3 milliard so‘mlik tayyor mahsulotlar, 6 ta «Isuzi» avtobusi saqlab qolindi.
Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter