Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «samosud»chilarga hukm o‘qildi

Andijondagi «samosud»chilarga hukm o‘qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanida bir guruh shaxslar janjallashgani va ikki nafar yigitning qattiq kaltaklangani aks etgan video tasvirlar tarqaldi.

Mazkur holat Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, mazkur tumanda yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan X.J. shu yilning 8-iyun kuni tonggi soat 4:30 larda Asaka tumani Qadriyat mahallasi hududida fuqarolarning tinchini buzib, sheriklari – 2003-yilda tug‘ilgan S.M. va 2002-yilda tug‘ilgan O.M.lar bilan birga, 2004-yilda tug‘ilgan X.D.ni o‘zaro kelishmovchilik ortidan urib do‘pposlab, unga yengil tan jarohati, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro R.B.ga esa o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazishgan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida fuqarolar X.J, S.M. va O.M.larga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, 2025-yil 8-iyul kuni ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tumani sudi tomonidan 2025-yil 27-avgust kuni sudlanuvchilar X.J., S.M.va O.M.larning har biriga nisbatan 3 yil muddatdan ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring