Angrenda «nomard bosqinchi» qo‘lga olindi
Shu yilning 23-sentyabr soat 16.00 larda Angren shahar Taraqqiyot MFYda joylashgan «Suvoqava» DUK binosi oldida bosqinchilik jinoyati sodir etilgan.
Noma’lum shaxs 35 yoshli 2-guruh nogironi (kar-soqov) A.A.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatilib, uni boshiga tosh bilan urib, 30.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritadi va hodisa joyidan yashirinadi.
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Angren shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «a» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyingi tergov harakatlarini olib borish uchun shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni 32 yoshli I.M. mast holda sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter