AQShdagi avtomobil yuvish shoxobchasida otishma yuz berdi. Qurbonlar bor

«Fox Nyews» telekanali mahalliy politsiyaga tayanib ma’lum qilishicha, yakshanba kuni AQShning Pensilvaniya shtatidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida yuz bergan otishmada besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fojia Melkroft shahrida mahalliy vaqt bilan 3.00 da sodir bo‘lgan.
Shuningdek, politsiya yana bir kishi yaralangani haqida xabar berdi. Otishmani uyushtirgan shaxs yaralangan yoki yaralanmagani noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter