Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida bemorni kaltaklagan tibbiyot xodimi ishdan chetlatildi

Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida bemorni kaltaklagan tibbiyot xodimi ishdan chetlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyat asab-ruhiy kasalliklar dispanserida tibbiyot xodimi tomonidan bemorlardan biriga jismoniy qo‘pol harakatlar qilinayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.

Aytilishicha, Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan holat zudlik bilan o‘rganib chiqilgan.

«Haqiqatdan voqea yuz bergan. Ushbu bo‘limda, shuningdek, boshqa barcha bo‘limlarda tibbiyot xodimlari, bemorlar bilan suhbatlar olib borildi. Xususan, bunday holatlar avval ham yuz bergan yoki yuz bermaganligi bo‘yicha tekshiruvlar olib borildi. Ma’sullardan tushuntirish xatlari olindi. Xizmat tekshiruvi yakunlariga asosan xodimning harakatlari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga hujjatlar taqdim etiladi», deyiladi boshqarma axborotida.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, dispanserning bo‘lim mudiri, bo‘limning katta hamshirasiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanishi uchun kasaba uyushmasiga ma’lumot taqdim etilgan. Shuningdek, kichik tibbiy xodim o‘z asablarini jilovlay olmagani, o‘z harakatini kechirilmas holat ekanligini aytgan va u o‘z vazifasidan ozod etishni so‘rab ariza yozgan, arizasi qanoatlantirilib, mexnat shartnomasi bekor qilingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, dispanserning bemorlar bilan ish olib boruvchi xodimlari bilan ruhiy-psixologik suhbatlar olib borish, ishlash prinsiplariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring