«Aylanma yo‘llar bilan Amerikaga»

Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida odamlarni noqonuniy yo‘l bilan AQSh va Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Sh. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya, Italiya yoki Meksika davlatlari orqali aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga olib o‘tishi va ushbu davlatda ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. fuqaro N.ni ishonchiga kirib, uning 3 500 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga jo‘natishni va’da qilib, oldindan 300 AQSh dollari va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter