Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol MIB xodimiga tarsaki tushirdi, so‘ng... (matn, video)

Ayol MIB xodimiga tarsaki tushirdi, so‘ng... (matn, video)

Skrinshot

Voqelik shu yilning 8-may kuni  Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan.

Shu kuni Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqaroni uydan ko‘chirish haqidagi sud qarorining ijrosi  jarayonida  davlat ijrochisiga nisbatan qo‘l ko‘tarilgan.

Tegishli uy eshigi xolislar va undiruvchining vakili tomonidan ochilib, xatlov o‘tkazilganda, xonadonga  ijro harakatlariga aloqasi bo‘lmagan Z. D. kirib keladi. U to‘g‘ri kelib, uy xonalaridan biriga kirib,  tumbochkadan oq rangli polietilen paketdagi narsani olib chiqib ketishga harakat qilgan.

Davlat ijrochilari undan kimligi va nima maqsadda uyga kelganligi so‘ralgan vaqtida u qo‘lidagi paketda pul borligi, ular o‘ziga tegishli ekanini bildiradi.

Davlat ijrochilar tomonidan Z.D.  to‘xtatilib, qo‘lidagi paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan vaqtida, unda 5.600.000 so‘m miqdorida pul, 952 AQSh dollari, 20 Tojikiston somoniysi, 10 Yevro, 2 singapur dollari,   fuqaro J. F. nomiga berilgan  «VIZA»  kartasi borligi aniqlandi.

Davlat ijrochilari tomonidan ushbu pul mablag‘larni olib ketishga asos yo‘qligini tushuntirib, pul mablag‘larini topshirishni ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, Z.T. va uning turmush o‘rtog‘i davlat ijrochilariga sud qarorini bajarishda qarshilik ko‘rsatib, ularning  qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan nizoli pul mablag‘larini olib chiqib ketishga harakat qilib, davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatish jarayonida davlat ijrochisi B.M.Eshonqulovni yuziga shapaloq  tortadi. So‘ng  go‘yoki yuziga davlat ijrochisi urgani haqida ayblab, ochiqdan ochiq  tuhmat qilishga o‘tadi...

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Yunusobod tuman IIB tomonidan rasmiylashtirilib, terovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring