Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekhem «uchar» ekan: 28-avgust kuni unga chora ko‘riladi

Bekhem «uchar» ekan: 28-avgust kuni unga chora ko‘riladi

Foto: «Daily Mail»

Taniqli ingliz futbolchisi, Angliya terma jamoasi uchun rekord darajada ko‘p o‘yinlar o‘tkazgan Devid Bekhem tezlikni oshirgani uchun sud oldida javob beradi. Bu haqda «Daily Mail» xabar tarqatdi.

London politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Bekhem o‘zining «Bentley» mashinasida eng yuqori tezlik soatiga 40 mil (64 km/s.) qilib belgilangan joydan 59 mil (95 km/s.) tezlikda o‘tib ketgan. Bekhem ayblovni keskin rad etdi, tezlikni oshirmaganman deyapti.

«Bekhem ishi» 28-avgust kuni sudda ko‘riladi. Agarda uning aybi bo‘yniga qo‘yilsa katta jarimaga tushadi, bundan ham yomoni — haydovchilik guvohnomasidan ayrilishi mumkin.

Futbolchi bunday holatga ilk bora duch kelayotgani yo‘q. Bekhem 1999-yili tezlikni oshirgani uchun 150 ming funt jarima va sakkiz oyga mashina boshqarish huquqidan mahrum etilgandi. O‘shanda u tezlikni oshirishiga paparatssidan qochishga majbur bo‘lganini ro‘kach qilib, haydovchilik guvohnomasini saqlab qolgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring