Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda halokatli YTH, qurbonlar orasida chaqaloq ham bor

Bekobodda halokatli YTH, qurbonlar orasida chaqaloq ham bor

Kecha, 22 may kuni soat 12:40 larda, Toshkent viloyati, Bekobod shahridagi Sirdaryo-Dehqonobod-Bekobod avtomobil yo‘lida haydovchi J.G. boshqaruvidagi «Vaz-2104» o‘zidan oldinda bo‘lgan transportni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi tomonga chiqqan va ro‘parasidan kelayotgan «Kobalt» avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida «Vaz-2104» rusumli avtomobil haydovchisi J.G. va «Kobalt»da bo‘lgan yo‘lovchi (2022 yilda tug‘ilgan) S.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, «Kobalt» haydovchisi va yo‘lovchisi N.I. hamda «Vaz-2104» yo‘lovchisi A.S. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring