Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir tumanidagi mahallada yong‘in yuz berdi

Bektemir tumanidagi mahallada yong‘in yuz berdi

14-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda yog‘och qutilar yonayotgani aks etgan video tarqaldi.

Hodisa bir kun oldin, poytaxtning Bektemir tumanida, Nurafshon mahallasida sodir bo‘lgan. Chirchiq daryosining qirg‘og‘ida 100 kv. metr, karton qutilarning parchalari va eski yog‘och qutilar yonib ketgan.

FVV xabariga ko‘ra, voqea joyiga yong‘inga qarshi va qutqaruv guruhlari yetib kelishgan, yong‘in bir necha daqiqada o‘chirilgan.

Hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring