Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh oyda yong‘inlar natijasida qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

Besh oyda yong‘inlar natijasida qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

2022-yil 5 oyida respublikada 3449 ta yong‘in yuz berdi, 82 kishi tan jarohati oldi, 48 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

May oyi va iyun oyining birinchi o‘n kunligida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyat faollashgani kuzatilmoqda.

Ushbu davrda sodir bo‘lgan yong‘inlar 981 tani tashkil etib, 106 tasi — qurigan o‘simliklarning yonishi, 665 tasi — aholi turar joylari va 210 tasi — boshqa ob’yektlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Yong‘in kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda, aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yong‘inlar maishiy konditsioner va muzlatkichlardan hamda tozalanmagan quruq o‘tlarning yonishidan kelib chiqayotganligi ma’lum bo‘lmoqda.

Bunday jazirama paytlarda inson uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, havoni salqinlatuvchi turli elektr qurilmalardan, ayniqsa, konditsionerlardan foydalanashi darajasi ortishi tabiiy. Biroq, konditsionerdan uzoq muddat qarovsiz foydalanish, elektr ta’minoti qoidalariga rioya etmaslik, bitta elektr iste’molchi uchun mo‘ljallangan elektr toki manbalariga katta quvvatga ega bir-nechta iste’molchilarning ulanishi, elektr kabellarning qizishi va oqibatida manfiy va musbat simlarning qisqa tutashuviga olib kelib, yong‘in chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring