Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir haftadan so‘ng «ikkinchi Oy» paydo bo‘ladi

Bir haftadan so‘ng «ikkinchi Oy» paydo bo‘ladi

Illyustrativ foto

Astronomlar Yerga 2024 PT5 asteroidi yaqinlashayotganini aniqlashdi. Asteroid sayyoramiz atrofida 29-sentyabrdan 26-noyabrgacha aylanib, o‘ziga xos «kichik Oy» yoki ikkinchi tabiiy yo‘ldoshga aylanadi, deyiladi The Research Notes of the AAS jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda.

Maqola mualliflaridan biri Karlos de la Fuente Markos tushuntirishicha, fazoviy jism Yerga (4,5 mln kilometrgacha) yaqin masofaga kelsa va 3 540 km/soat atrofidagi sekin tezlikka ega bo‘lsa shunday hodisa yuz beradi.

Bunday sharoitda fazoviy ob’yektning geotsentrik energiyasi manfiyga aylanib, vaqtincha Yerga bog‘lanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring