Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yilda 2,5 mingga yaqin odam yo‘llarda halok bo‘ldi

Bir yilda 2,5 mingga yaqin odam yo‘llarda halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2021-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida jami 2426 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi infografikasida aytildi.

2021 yilning yanvar—dekabr oylarida jami 10 001 ta yo‘l-transport hodisalar sodir etilgan bo‘lib, ular oqibatida 9230 kishi jarohat olgan.

Avariyalarning ko‘pi, Samarqand, Toshkent shahri, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Birinchi pog‘onada Farg‘ona viloyati — 1469 hodisa. 

YTHlarning 4698 tasi piyodalar, 1621 tasi bolalar, 1075 tasi velosipedchilar, 84 tasi mototsiklchilar bilan sodir bo‘lgan. Avariyalar sodir etgan haydovchilarning 268 nafari ayollar bo‘lsa, 9733 nafari — erkaklardir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring