Birovning 805 ming dollar mablag‘ini qo‘lga kiritgan «uchar» qo‘lga olindi

Toshkent shahrida 2020-yilning yanvar oyidan 2020-yilning sentyabr oyiga qadar 28 yoshli Akmal A., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishda gumon qilinib, ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Akmal A., poytaxtning «Markaz-1» dahasi hududida 24 yoshli Doniyor I., ga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini, Rossiya Federatsiyasidan arzon narxda yog‘och hamda Xitoy davlatidan pista mahsulotlari olib kelib, sotib, katta miqdorda daromad berishini va’da qilgan. Shu yo‘l orqali uning ishonchiga kirib, bo‘lib-bo‘lib jami 805.320 AQSh dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Akmal A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter