Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘kada ikki yuz ming so‘mlik banknotani soxtalashtirganlar qo‘lga olindi

Bo‘kada ikki yuz ming so‘mlik banknotani soxtalashtirganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar Z.E. va K.K. tumanning markaziy ko‘chasida joylashgan savdo markazida amalga oshirgan xaridi uchun «F.S» MChJ sotuvchisi N.Q.ga 2 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring