Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘ri qiynoqqa solindi. Uning keyingi taqdiri noma’lum

Bo‘ri  qiynoqqa solindi. Uning keyingi taqdiri noma’lum

Davlat raqami  70 Y 991 HA  bo‘lgan NEXIA  rusumli avtomashina egalari bir dona bo‘rini tutib olib  qiynoqqa solishgan. Keyin bo‘rini davlat raqami 70 B 474 SA bo‘lgan avtomashinaga yuklashgani aks etgan video murojaat kelib tushdi, deb xabar beradi ekolog. Uz kanali.

Bo‘rini qo‘yib yuborish o‘rniga uni turli ko‘ylarga solib qiynashgan. Video yakunida uni boshqa mashinaga yuklayotgan shaxs bo‘rini faqatgina bitta shart bilan, ya’ni uning quloqlarini kesib berishsagina mashinasiga yuklashini bildirgan.

Voqea qachon va qayerda bo‘lgan, bo‘rining keyingi taqdiri nima bilan tugagani bizga noma’lum. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligidan ushbu holatni o‘rganib munosabat bildirishlarini, hamda ushbu shaxslarga qonuniy jazo choralari ko‘rishlarini so‘raymiz, deyiladi xabar so‘ngida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring