Boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasida yo‘l chetiga ag‘darilib, vafot etdi

2020-yil 20-yanvar kuni soat 02:30 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan va Shovot tumanida yashagan, A.O. U o‘z boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobilini «Shovot-Urganch» yo‘nalishida boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Natijada haydovchi A.O. bosh qismidan tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter