Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosqinchilarni jinoyat joyida qoldirilgan kiyim fosh qildi

Bosqinchilarni jinoyat joyida qoldirilgan kiyim fosh qildi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 27-mart kuni soat 02:30 larda ikki nafar noma’lum shaxs Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani «Katta ko‘cha» MFY.da yashovchi 38 yoshli Komiljon U. ning xonadoniga yuzlariga niqob kiygan holda bosqinchilikka kirishadi.

Bosqinchilar xonadon egasi va uning turmush o‘rtog‘i 34 yoshli Shahzoda U.ga hujum qilgan vaqtlarida Komiljon U. ularning birini ushlab oladi. Shu vaqtda ikkinchi noma’lum shaxs oshxona pichog‘ini olib, uning bosh, chap kurak va chap biqin sohalariga jarohat yetkazib, hodisa joydan yashirinishadi.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda noma’lum shaxslarning biriga tegishli erkaklar kurtkasi va finka pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, hodisa joyidan olingan erkaklar kurtkasi 27 yoshli Abduqahhor Q.ga tegishli ekanligi aniqlanib, uning vaqtincha yashash joyi tintuv qilinganda niqob sifatida foydalanilgan ayollar kolgotkasi, qaychi, skotch o‘rami va kolgotka paketlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, Abduqahhor Q.ning o‘zi va jinoiy sherigi 23 yoshli Jasurxo‘ja O‘.lar ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring