Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysundagi kondan vodorod sulfid sizib chiqishi bartaraf etildi

Boysundagi kondan vodorod sulfid sizib chiqishi bartaraf etildi

«Mustaqillikning 25 yilligi» konidagi 604-sonli quduqning vodorod sulfid sizib chiqishini bartaraf etish va so‘ndirish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur ob’yektdan joriy yil sentyabr oyi boshida vodorod sulfid ajralib chiqqan edi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur jarayonda sizib chiqishga qarshi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilgan va so‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash va bog‘lash jarayoni o‘tkazilgan.

«Quduq germetiklandi va so‘ndirildi», – deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha tafsilotlarda aytilishicha, 14 sentyabr kuni taxminan soat 13:05 da minoradan chikib turgan quvurning ustiga PVO (sizib chiqishga qarshi qurilma) o‘rnatilib, 15 sentyabr kuni to‘liq tizimni presslash o‘tkazilgan. 15 sentyabr kuni soat 16:40 da Barit nomli maxsus eritma yuborilgan va 16:50 lar chamasi minoradan va chiqaruvchi uskunalardan gaz chiqishi to‘xtatilgan.

Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf etish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida amalga oshirilgan. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya va AQSh ekspertlarining tashrifi tashkil etilgan.

«Ta’kidlash joizki, hodisa oqibatlarni bartaraf etish davomida aholi uchun hech qanday xavf bo‘lmagan.

Barcha zarur chora-tadbirlar Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, O‘zbekiston Respublikasi FVV va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Ishlar barcha zarur texnika va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda olib borildi. Hodisa boshidan barcha zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, atrofda joylashgan aholi punktlarida havo muhitini o‘lchash va monitoring qilish uchun maxsus postlar o‘rnatildi», – deyiladi bayonotda.

Tahlillarga ko‘ra, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmagan. Shuningdek, burg‘ilash qurilmasining ishchi maydonini tozalash ishlari amalga oshirilib, yakunlangan. Tayanch maydon maxsus texnika va uskunalarni to‘liq o‘rnatish va foydalanish uchun tayyorlangan.

«Shuni qo‘shimcha qilamizki, «Mustaqillik-25» konini o‘zlashtirish alohida murakkabligi bilan ajralib turadi, bu yerda xalqaro tajribadan foydalaniladi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘riladi, shu jumladan xodimlarga doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi. Uglevodorodni qazib olish tobora murakkablashib bormoqda, bu esa doimiy ravishda yangi tajriba va ko‘nikmalarni talab qiladi», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring