Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu safar Samarqand viloyati kasallanish bo‘yicha Toshkentni ortda qoldirdi

Bu safar Samarqand viloyati kasallanish bo‘yicha Toshkentni ortda qoldirdi

2020-yil 2-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 040 (+257) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Samarqand viloyati, 99 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Sirdaryo viloyatida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 592 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 592 nafari og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring