Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarida esa 23-28 v/c gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32°, shimolda 17-22° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring