Buxoro tumanida yuzaga kelgan gaz muammosi sababi ma’lum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanining «Shergiron» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi gaz ta’minoti tizimidagi muammolardan noroziligini bildirib, yo‘lning qatnov qismini to‘sishga urinayotgani tasvirlangan videolavhalar tarqalgani xabar qilingandi.
Voqea sabablariga oydinlik kiritish uchun «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning shikoyatlari tinglangan.
«Gaz ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan masalalarni bartaraf qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rildi.
Ta’kidlash joiz, shu kunlarda Buxoro tumanida aholi punktlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashda bosimning keskin pasayishi kuzatilgan. Bunday vaziyatning yuzaga kelishiga «Sohibkor» gaz taqsimlash stansiyasidagi ikkinchi jo‘mrakning yopilishi sabab bo‘lib, natijada hududga tabiiy gaz yetkazib beruvchi quvurlarda bosim 6 dan 1,8 atmosferaga tushib ketgan. Natijada, 1,3 mingdan ziyod aholi xonadoni gaz ta’minotida qiyinchiliklarga duch keldi. Ayni vaqtda, aholi punktiga gaz ta’minoti tiklanmoqda», deyiladi «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter