Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda bosh operatorning kirdikorlari fosh qilindi

Buxoroda bosh operatorning kirdikorlari fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «P.B» MChJ sobiq bosh operatori A.X. o‘zining moddiy javobgarligidagi 210 mln so‘mlik 4 825 litr yoqilg‘i mahsulotini fuqaro M.ga 1 800 AQSh dollariga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring