Buxoroda «Isuzu» yonib ketdi (foto)

Joriy yilning 17-yanvar kuni Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan «Jondor» avtoturargohida «Isuzu» rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtobusning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter