Buxoroda «Neksiya-3» buklanib qoldi
Buxoroda «Neksiya-3» avtomashinasi ikki buklanib qoldi. Vafot etgan yoxud og‘ir jarohatlanganlar yo‘q, deya «Xabar.uz»ga ma’lum qildi viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i Ulug‘bek Shukurlayev.
Ta’kidlanishicha, holat ikki kun ilgari Buxoro shahridagi Qizilqum ko‘chasida sodir bo‘lgan. «Neksiya-3» avtomashinasi egasi, fuqaro Yu.S. avtomashinani yuqori tezlikda boshqargan va ko‘cha muyulishida to‘siqqa uchragan. Kuchli zarbali urinish oqibatida voqea joyining o‘zida «Neksiya-3» teng o‘rtasidan bukilib ketgan.
«Biz voqea sodir bo‘lgan vaqtning o‘zida haydovchiga yordamga shoshdik. Allohning inoyatini qarangki, haydovchi og‘ir jarohatlanmagan. Yengil tan jarohati olgan ekan. Aholi gavjum joyda haydovchining e’tiborsizligi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi bundan ham og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi, o‘ziga yoxud o‘zgalar hayotiga daxl qilishi mumkin edi», — deydi fuqarolardan biri.
Ulug‘bek Shukurlayevning so‘ziga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter