Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi ayanchli hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Buxorodagi ayanchli hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2024-yil 18-mart kuni soat 10:30lar atrofida Buxoro viloyati, Kogon tumani hududidan o‘tuvchi A-380b avtomobil yo‘lining 32-kilometri hamda 4R-69 avtomobil yo‘lining 6-kilometri kesishgan, tartibga solingan chorrahada 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi O.Sh. boshqaruvida bo‘lgan avtobus hamda 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida bir nafar avtobus yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan bo‘lib, 25 nafar yo‘lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring