BYD haydovchisiga chora ko‘rildi
Joriy yilning 29 fevral kuni BYD rusumli avtomashina haydovchisi, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berishicha, mazkur video o‘rganilgan. Ushbu avtomashina haydovchisi 2001 yilda tug‘ilgan B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTK.ning 128⁵-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter