Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda qulfbuzar chol va ayol ushlandi

Chilonzorda qulfbuzar chol va ayol ushlandi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 9 may kuni soat 14:00 atrofida noma’lum shaxslar yerto‘laning qulfini buzib, 28 yoshli J.T.ga tegishli muzlatgich, mikroto‘lqinli pech va 11 000 dollarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar davomida jinoyatchilar ertasi kuniyoq aniqlanib, qo‘lga olindi. Ular 54 yoshli Pavel L. va 31 yoshli Mariya K. bo‘lib chiqdi.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring