Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda yo‘lto‘sarlar qo‘lga olindi

Chilonzorda yo‘lto‘sarlar qo‘lga olindi

Foto: Tergov departamenti

2022-yil 20-fevral tungi soat 00:05da, noma’lum shaxslar o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, boshqaruvlarida bo‘lgan «Spark» rusumli (davlat raqami mavjud bo‘lmagan) avtomashinada yo‘lto‘sarlik qilishadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular Toshkent shahar Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 21 yoshli Sh.X.,ning boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinasini oldidan to‘sish yo‘li orqali to‘xtatishib, uni avtomashinadan tushirib, yuz qismiga bir necha marotaba musht tushirib, tan jarohati yetkazishgan hamda avtomashina ichida bo‘lgan 150.000 so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni 23 yoshli E.I. va M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlanishgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslar nima sababdan bosqinchilikka qo‘l urganliklari aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring