Chilonzordagi yong‘in 150 kvadrat metr maydondagi mahsulotlarga zarar yetkazdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV rasmiy telegram-kanali xabar berdi.
Bugun, 23-oktyabr kuni soat 09:08 da Toshkent shahrining Chilonzor tumani Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:16 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 09:22 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida omborxonaning ochiq hududidagi taxminan 150 kvadrat metr maydondagi mahsulotlar yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter