Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi yong‘in o‘chirildi — FVB

Chilonzordagi yong‘in o‘chirildi — FVB

Foto: Xabar.uz

Bugun, 10-avgust kuni soat 19:37 da poytaxtning Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 5 qavatli binoning 4-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Oltita yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:42 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:30 da qurshab olingan va soat 20:39 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolardan hech kim tan jarohati olmagan, qurbonlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring