Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiqindi tashlaganning o‘zi uni tozalab oldi

Chiqindi tashlaganning o‘zi uni tozalab oldi

Toshkent viloyati Zangiota tumani Qaxramon MFY hududiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga Davlat raqam belgisi 10 V 233 TA rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik tasviri muhrlandi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan holatga oydinlik kiritildi. Holat Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Kalom MFY da yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro S.F. tomonidan LABO avtotransport vositasida chiqindilarni tashlagani aniqlashtirildi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi,1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 330 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindilarni o‘zi bartaraf etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring