Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Chirchiqda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12-yanvar kuni shaharning «Ma’rifat» mahallasidagi dala hovlida yashagan, 1953-yilda tug‘ilgan A.Sh. va turmush o‘rtog‘i — 1963-yilda tug‘ilgan X.Sh. is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va ko‘mirdan is gazi chiqqan. Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring