Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida konservadan zaharlangan oilaning bir a’zosi vafot etdi. Yana ikki kishi og‘ir ahvolda

Chiroqchida konservadan zaharlangan oilaning bir a’zosi vafot etdi. Yana ikki kishi og‘ir ahvolda

Chiroqchi tumani «Langar» MFY Tutli qishlog‘ilik oilaning yetti nafar a’zosi uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanib, viloyat markazidagi shifoxonalarga yotqizilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu yilning 18-noyabr kuni mazkur oila boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i Yu.U. vafot etgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga keltirilgan oila boshlig‘i, uning turmush o‘rtog‘i va katta o‘g‘liga «Botulizm kasalligining og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. Toksik neyropatiya. O‘tkir nafas yetishmovchiligi I darajasi» tashxisi qo‘yilgan.

Ayni paytda ota va katta o‘g‘ilning ahvoli ham o‘ta og‘irligicha qolmoqda. Ular sun’iy nafas oldirish apparatida saqlanmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, oilaning barcha a’zolari komada ekanligi haqidagi xabarlar esa asossiz. Shifokorlar bemorlar hayoti uchun kurashmoqda. Ayni paytda oilaning qolgan to‘rt nafar a’zosi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli» deyiladi vazirlik bayonoti yakunida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring