Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchidagi ayiq hokim buyrug‘i bilan o‘ldirildi

Chiroqchidagi ayiq hokim buyrug‘i bilan o‘ldirildi

Kecha Qashqadaryo viloyati  Chiroqchi tumani qishloqlaridan biriga tog‘dan ayiq tushgani haqida xabar berilgan edi.

Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgani va u bilan  bog‘liq vaziyatda hech kimga zarar yetmagani aytilgandi.

Ma’lum qilinishicha, Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq Chiroqchi tumani hokimining buyrug‘i bilan otib o‘ldirilgan va barcha telefonlardan uning o‘ldirilishi videosi o‘chirtirilgan.

«Xalqni ayblamayman, ammo  Qo‘ng‘ir ayiqning o‘limida tuman hokimi, yo‘qolib borayotgan jonivorlarni uxlatib, qaytib toqqa chiqarib yubora olmagan, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Tabiat resurslari vazirligini ayblayman», deyiladi ekologuz kanalida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring