Chorvoqdan topilgan odam suyaklari bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi
27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu yerga cho‘milgani kelib cho‘kib ketgan odamlarga tegishli bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
Bo‘stonliq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida suv omborining ushbu qirg‘og‘ida bundan bir necha yillar avval Bo‘stonliq tumanidagi «Bolodala» mahallasi aholisining «Bezgati bog‘» qabristoni bo‘lgani, Chorvoqda suv sathining ko‘tarilishi natijasida qabriston suv ostida qolib ketgani aniqlangan.
Ayni paytda suv omborida suv sathi pasaygani sababli qabristondan odam suyaklari yuzaga chiqib qolgan.
Qayd etilishicha, Chorvoq suv omborida har yilning boshida suv sathi pasayishi natijasida bunday holatlar kuzatilib turadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter