Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cobalt» 5 yo‘lovchisi bilan pastlikka quladi»: aslida nima bo‘lgan?

«Cobalt» 5 yo‘lovchisi bilan pastlikka quladi»: aslida nima bo‘lgan?

Videodan kadr.

Ijtimoiy tarmoqda «Cobalt» avtomobili ichida 5 nafar fuqaro bilan pastlikka tushib ketganligi haqida ma’lumot tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil 19-dekabr kuni soat 20:00 larda Andijon shahridagi «Obod mahalla» MFY hududiga kirish yo‘lida tumanli ob-havo sabab «Cobalt» avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib pastlikka tushib ketgan.

Transport vositasida haydovchining o‘zi bo‘lgan, yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilib, avtomobil pastlikdan chiqarilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring