Denovdagi portlash yuzasidan uch kishi qamoqqa olindi

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7-dekabr kuni Denov shahridagi savdo majmuasida portlash bo‘lgan va ikki kishi halok bo‘lgandi.
Keyinchalik holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 15 dekabr kuni Denov shahar gaz bo‘limi boshlig‘i, Hududgaz Surxondaryo gazta’minotining 2 nafar xodimlari jami 3 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 116, 214-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev ham portlash haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter