Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Devor orasiga tiqilib qolgan mushuk qutqarib olindi (video)

Devor orasiga tiqilib qolgan mushuk qutqarib olindi (video)

Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uy devorlari orasiga tiqilib qolgan mushukni chiqarib olishdi.

Seshanba kuni soat 07:35 da Qoraqalpog‘iston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Nukus shahrida yashovchi fuqarodan mushuk uy devorlari orasida qolib ketgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushdi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs jonivorga o‘zi yordam bera olmaganini aytib, yordam so‘ragan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar mushukni u yerdan olib chiqishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring