Dovonda avtomobillar harakati tiklandi
Avvalroq Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida qalin qor yog‘ganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yopilgan yo‘l yana ochilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi bois avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan yo‘l 6 fevral kuni soat 11:53 da qayta ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter