Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Kadastrlar palatasi xodimini qo‘lga oldi

DXX Kadastrlar palatasi xodimini qo‘lga oldi

DXX o‘tkazgan tezkor tadbirlarda bir qancha shaxslar qo‘lga olindi. Ular orasida oddiy fuqarolar va davlat xizmatchilari ham bor. 

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi, 1990 y.t. xususiy tadbirkor maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurib, foydalanishi uchun ajratilgan 88 sotix yer maydonining 26 sotixini va unga tutash bo‘lgan, tuman o‘rmon xo‘jaligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini ham go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, xaridorga 46.500 AQSh dollariga sotish hamda kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Xovos tumanida kuzatilgan holatda esa 1982 y.t. shaxs dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli 52 gektar sug‘oriladigan yer maydonini hokimiyat tizimida ishlovchi tanishlari orqali, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 312 mln. so‘m talab qiladi.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro hokimlik zaxirasida bo‘lgan 36 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga talab qilgan 25 ming AQSh dollaridan 10.600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi, 1972 y.t. shaxs va Davlat kadastrlar palatasining Shahrisabz tuman filiali xodimi o‘zaro til biriktirib, Shahrisabz tumani hududidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 13 sotix va turar joy sifatida foydalanib kelinayotgan 12 sotix – jami 25 sotix davlat zaxirasidagi yer maydonini arxitektor tanishlari orqali noturar joy toifasiga o‘zgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 300 mln. so‘m talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deparatmenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, chiroqchilik fuqaro 10 ming AQSh dollari, Davlat kadastrlar palatasining Shahrisabz tuman filiali xodimi esa 800 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring