Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX tezkor tadbirida IIB xodimi, soliqchi va Milliy gvardiya vakili ushlandi

DXX tezkor tadbirida IIB xodimi, soliqchi va Milliy gvardiya vakili ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori davlat zaxirasiga olingan hududda tarkibida oltin bo‘lgan ruda qazib olish uchun sharoit yaratib, huquq-tartibot idoralari tomonidan bo‘ladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turish evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming AQSh dollari talab qilib, 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Buxoro viloyati Kogon tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlariga kelib tushgan arizani o‘zining vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1300 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Davlatobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori mas’uliyati cheklangan jamiyatning moliyaviy faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida MChJga 383 mln. so‘mlik foyda solig‘i qo‘shimcha hisoblanganligi va ushbu pul mablag‘i MChJ tomonidan to‘lanishi kerakligini aytadi.

Lekin, u soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali ushbu summani bartaraf etib berish evaziga MChJ vakilidan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi safdor xodimi yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga harbiy xizmatchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring