Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX va departament xodimlari «soxta dollarchilar»ni ushladi

DXX va departament xodimlari «soxta dollarchilar»ni ushladi

Foto:«Xabar.uz»

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Toshkent viloyatining Bekobod shahridan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib kelayotgan «Neksiya» rusumli avtomashina Shirin shahriga kirishdagi YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirildi. Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar Q.Xo‘jamuratov hamda T.Shirinovlarga tegishli bo‘lgan qalbaki 20 ming AQSh dollari mazkur avtomashina salonining tom qismiga yashirib qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Shirinov hamda Xo‘jamuratovlar oldindan o‘zaro til biriktirib, Qirg‘izistonda yashovchi tanishlari orqali 8 ming AQSh dollariga sotib olgan qalbaki 200 dona 100 AQSh dollari kupyurasini Tojikistondagi tanishlariga 10 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring