Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazodagi mutatsiya: Endi ularni egizak deyish noto‘g‘ri

Fazodagi mutatsiya: Endi ularni egizak deyish noto‘g‘ri

Foto: «Xaytek»

O‘tgan yili olib borilgan ushbu tajriba kosmos inson genini o‘zgartirishiga NASA mutaxassislarini to‘liq ishontirgan bo‘lsa, ajabmas.

Tajriba uchun egizak astronavtlar ustida tadqiqot olib borilgan edi, deb xabar beradi «Udivi.li».

Ellik to‘rt yoshli Skott Kelli kosmosda bir yil bo‘ldi. U qaytib kelgach olimlar bir narsadan taajjubga tushishdi: uning jismoniy xususiyatlari butkul o‘zgargandi.

Birinchidan u qaysidir ma’noda yoshargandi (buni telomerlar uzayganidan bilsa bo‘lardi (holbuki, ular yosh o‘tishi bilan qisqaradi). Bundan tashqari, Skottda suyaklar umumiy massasi ozaygan, ichak florasi o‘zgargan, astronavtning bo‘yi bir necha dyuymga o‘sgandi.

To‘g‘ri, oradan salkam bir yil vaqt o‘tishi bilan aksariyat ko‘rsatkichlar tiklandi, biroq faqat 93 foizi. DNKning 7 foizi asliga qaytmadi. Endi aka-ukalarni egizaklar deyish noto‘g‘ri.

Olimlar mutatsiya sababini hamon tushuntirib berisha olmayapti. Balki organizmning besh biologik funksiyasiga javob beruvchi genlar fazoda transformatsiyaga uchrar. Ammo bu ham taxmin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring