Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling: dollar bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Ehtiyot bo‘ling: dollar bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro I.O. fuqaro M.N.ga qalbaki 10 000 AQSh dollarini 85 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 27 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring