Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ellikqal’ada YPX xodimi ishtirokidagi to‘qnashuvda bir kishi halok bo‘ldi

Ellikqal’ada YPX xodimi ishtirokidagi to‘qnashuvda bir kishi halok bo‘ldi

10-avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi (avtotransport boshqarish huquqiga ega emas), 1977-yilda tug‘ilgan Z.Yu. «Lacetti» rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va YPX xodimi, 1981-yilda tug‘ilgan N.A.ga biriktirilgan «Nexia-3» rusumli xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida, «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi Z.Yu. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ellikqal’a tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring