Yerga o‘zga sayyoraliklar yaqinlashmoqda — garvardlik astrofiziklar

Garvardning bir guruh astrofiziklari astronomlar aniqlagan galaktikalararo sirli obyektni potensial xavfli, hatto Yerga hujum qilishi mumkin deyishmoqda, bu haqda New York Post xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, iyulning birinchi sanasida astronomlar yulduzlararo yangi obyekt kashf etilganini va u 3I/ATLAS deya nomlanganini ma’lum qilishgandi.
Ko‘plab olimlarning fikricha, bu boshqa quyosh tizimiga taalluqli, diametri 24 kilometrgacha bo‘lgan kometa.
Biroq Garvard astrofizigi Avi Lyobning ta’kidlashicha, bu Yerdan tashqaridagi tamaddunlarga tegishli fazoviy kema va ular (o‘zga sayyoraliklar) payqamasligimizni istashyapti. Noma’lum uchar jismning harakatlanishi uni shu fikrga undagan (noma’lum fazoviy obyekt Quyoshga narigi tomonidan, ya’ni Yerga olis qismidan yaqinlashadi).
«3I/ATLAS noyabr oxirida Quyoshga yaqinlashadi, shunda u ko‘zimizdan yo‘qolib, kuzatish qiyinlashadi. Bu yerdagi teleskoplar yordamida ob’yektni eng yorqin paytida sinchiklab kuzata olmasligimiz uchun atayin qilinayotgan bo‘lishi mumkin», — dedi Lyob.
Agar taxmin to‘g‘ri chiqsa, oqibati insoniyat uchun dahshatli bo‘lishi mumkin, deyishmoqda Lyob va uning sheriklari.
NYT yozishicha, «dushmanga tegishli noma’lum uchar jism» haqidagi nazariya ko‘plab mutaxassislarning tanqidiga uchradi: ta’kidlanishicha, Lyob boshqa olimlarni ishdan qo‘ymoqda, bu navbatdagi kometa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter