Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerni kuchli magnit bo‘roni kutmoqdami? Xavotirli xabarlarga izoh

Yerni kuchli magnit bo‘roni kutmoqdami? Xavotirli xabarlarga izoh

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «yaqin kunlarda Yerni kuchli magnit bo‘roni qoplaydi» degan xabarlar tarqalmoqda.

Rossiya Fanlar Akademiyasi kosmik tadqiqotlar instituti quyosh-rentgen astronomiyasi labaratoriyasi o‘z rasmiy sahifasiga bu xabarlarni inkor etuvchi prognozni joylagan.

Prognozda kelgusi uch kunlikda magnit bo‘roni bilan bog‘liq xavf mavjud emas. Unda 9 ballik shkalada 3 ballik faollik aks etgan. Bu, xavfsiz «yashil» daraja bo‘lib, tarmoqlar va inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli qo‘zg‘alish emas.

Quyosh dog‘ida juda kuchli portlash va undan katta miqdorda issiqlik plazmasi ajralib chiqqani rost, ammo uning ta’siri Yerda kuchli geomagnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi prognoz qilinmayapti, deyiladi meteorologlar izohida.

Avvalroq, Gidrometxizmat 2-4 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli aholini ogohlantirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring